1

Xitoyda yuk kemasi halokatga uchrashi natijasida 10 kishi yo`qoldi

Dunyo 17.07.2018, 07:02
Xitoyda yuk kemasi halokatga uchrashi natijasida 10 kishi yo`qoldi

Xitoyda yuk kemasi halokatga uchradi, deb xabar berdi REN TV nashri.

Shungkiang 2 nomli yuk tashuvchi kema qarama-qarshi tarafdan kelayotgan boshqa bir kema bilan to`qnashib ketgan. Natijada esa yuk kemasi suvga g`arq bo`ldi. Uning bortida jami 13 kishi bo`lib, ularning 10 nafari yo`qolgan. 3 nafar dengizchi esa qutqarib qolindi. Ular kasalxonaga joylashtirilgan bo`lib, hayoti xavf ostida emas.

Hodisa sodir bo`lgan vaqtda bortda 3 tonna po`lat borligi hamda barcha yuk cho`kib ketgani xabar qilinmoqda. Jarayonga Shanxay dengiz qidiruv-qutqaruv markazi jalb qilingan. Mazkur hududga yordamchi kemalar jo`natilgan bo`lib, hozirda yo`qolganlarni dengizdan qidirish operasiyasi davom etmoqda. To`qnashuv sabablari xaqida aniq tafsilotlar yo`q.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1