AsosiyDunyo

O`smir enaga layk uchun bir yoshli go`dakni elektroshoker bilan qiynoqqa soldi (Video)

'O`smir enaga layk uchun bir yoshli go`dakni elektroshoker bilan qiynoqqa soldi (Video)'ning rasmi

Arkanzas polisiyasi 15 yoshdan 17 yoshgacha bo`lgan uch nafar qiz-o`smirlarni hibsga oldi, deb xabar qilmoqda Daily Mail nashri.

Uch dugona bir yashar go`dakni elektroshoker bilan qiynoqqa solgan. Qizlardan biri shu xonadonda enaga bo`lib ishlardi. Layk uchun bechora go`dakni qiynoqqa solgan qizlar videokadrlarni ijtimoiy tarmoqlardan biriga joylashtirishgan.

Go`dakning onasi Elissa Uotkins qizalog`i Kerrigan ishtirokidagi videorolikni ko`rgach, dahshatga tushgan va darhol polisiya murojaat etgan.

Hozirda uchala o`smir-qiz ham sud bo`lishini kutib, hibsxonada soat sanab o`tirishibdi.

Qizaloq Kerrigan esa sog`-salomat.





Boshqa yangiliklar