Mini-futbol bo`yicha Venesuela yoshlar terma jamoasi a`zosi Keduin Indriago o`limidan so`ng gol urdi, deya yozmoqda qildi Ren.tv nashri.
Gap shundaki, yosh futbolchi motosiklda avtohalokatga uchrab bu dunyodan ko`z yumgandi.
Dafn marosimidan oldin uning do`stlari – terma jamoa a`zolari marhumning tobutini mini-futbol maydonchasiga olib kelishdi va marhum do`stlari bilan so`nggi marta match o`tkazishdi. Futbolchilardan biri to`pni tepdi va to`p tobutga urilib raqib jamoa darvozasini ishg`ol etdi. Kimdir bunga qarsak bilan javob qilgan bo`lsa, kimdir o`kirib yig`ladi.
Keyin esa futbolchilar tobutni quchoqlab marhum do`stlari bilan vidolashishdi.






