Toshkent shahar Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi binosi boshqa joyga ko`chirildi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Toshkent shahar YHXB binosida joylashgan Yo`l harakati sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo`limi endilikda o`z faoliyatini yangi manzilda davom ettirishini ma`lum qilamiz”, – deyiladi xabarda.
Shu yilning 16 iyul kunidan boshlab YTH ishtirokchilari va guvohlari Yashnobod tumani Farg`ona yo`li ko`chasi 16-uyda qabul qilinadi.






