1

Yaponiyada suv toshqini qurbonlari 222 nafarga etdi

Dunyo 17.07.2018, 11:30
Yaponiyada suv toshqini qurbonlari 222 nafarga etdi

Yaponiyada suv toshqinlari oqibatida 222 nafar aholi halok bo`ldi. Garchi tabiiy ofat sodir bo`lganiga 10 kun o`tgan bo`lsa-da, bedarak ketgan 20 nafar odam topilganicha yo`q.

Qayd etilishicha, ayni vaqtda 4 mingga yaqin aholi evakuasiya punktlarida qolmoqda. Talafot ko`rgan hududlarda do`konlar ishlamayapti, suv ta`minoti tizimi ishdan chiqqan.

Eslatib o`tamiz, iyul oyining ilk haftasida Yaponiyaning Janubi-G`arbiy va markaziy hududlarida kuzatilgan kuchli yog`ingarchilik suv toshqinlari, er ko`chkilarini keltirib chiqargan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1