Xabaringiz bor, 15 iyul kuni o`tkazilgan Fransiya hamda Xorvatiya o`rtasidagi JCh-2018 final o`yini Rossiyadagi mundialga yakun yasab berdi. 4:2 hisobida g`alabaga erishgan Fransiya terma jamoasi jahon chempioniga aylandi.
Chempionlarni taqdirlash marosimida Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Xorvatiya prezidenti Kolinda Grabar-Kitarovich va FIFA rahbari Janni Infantino qatnashdi.
E`tiboringizga ushbu taqdimotdan yorqin lavhalarni havola etamiz.

















