"O`zbekiston havo yo`llari" Milliy aviakompaniyasi 14-15-iyul kunlari Parij-Moskva-Parij va Zagreb-Moskva-Zagreb yo`nalishi bo`yicha charter qatnovlarini amalga oshirdi, deb xabar berdi MAK matbuot xizmati.
"Fransiya va Xorvatiya terma jamoalarining final uchrashuvi uchun 480 nafar fransuz futbol muxlislari Parijdan Moskvaga etkazildi. Fransiya jamoasi g`alaba qozongan final o`yinidan so`ng, jamoa muxlislari Moskvadan o`z vatanlariga, Parijga olib borildi", - deyiladi aviakompaniya xabarida.
Shuningdek, xabarga ko`ra, Milliy aviakompaniya Xorvatiya terma jamoasining 480 nafar muxlisini Zagrebdan Moskvaga, jahon chempionati – 2018 final bosqichiga va Moskvadan Zagrebga etkazdi.
Eslatib o`tamiz, yakshanba, 15 iyul kuni Moskvadagi "Lujniki" stadionida futbol bo`yicha jahon chekmpionati final o`yini o`tkazildi.
Unda Fransiya terma jamoasi Xorvatiya futbolchilari ustidan 4:2 hisobida g`alaba qozondi va ikkinchi bor jahon chempioniga aylandi.






