1

Kilauea vulqoni yana 22 kishiga zarar etkazdi

Dunyo 18.07.2018, 07:19
Kilauea vulqoni yana 22 kishiga zarar etkazdi

Gavayi orollarida Kilauea vulqonining otilishi oqibatida 22 kishi jarohat oldi, deya xabar berdi CGTN nashri.

Vulqon bombasidan otilgan lava okeanda suzayotgan kema tomiga tushdi. Bu vaqtda uning bortida 49 yo`lovchi va 3 ekipaj a`zosi bo`lgan. Hodisa oqibatida esa 22 kishi jarohat olib shifoxonaga etkazildi. Qolganlar esa kemadan qutqarib olindi. Guvohlarning so`zlariga ko`ra, lava taxminan 300 metr balandlikkacha otilgan.

Kilauea dunyodagi eng faol vulqonlardan biri hisoblanadi. May boshida vulqon faollashishi oqibatida hukumat aholi evakuasiyasini e`lon qilgandi. Avvalroq AQSh geologik xizmati Gavayi arxipelagi o`lchami vulqon otilishi natijasida 2 kvadrat kilometrdan ko`proqqa oshganini ma`lum qilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1