Indoneziyada qishloq aholisi odam o`ldirgani uchun timsohlardan qasd olish maqsadida yuzlab timsohlarni o`ldirishdi, deya xabar qilmoqda Vesti nashri.
Mamlakat sharqidagi G`arbiy Papua provinsiyasida 48 yoshli erkak timsoh fermasiga kiradi. Maysa ustida yotgan ulkan timsoh unga hujum qilib, erkakning o`limiga sabab bo`ladi. Ushbu voqeadan g`azablangan qishloq aholisi dafn marosimidan so`ng fermaga borib u erdagi barcha timsohlarni bolta va shu kabi asboblar bilan o`ldirishgan.
Ma`lumotlarga qaraganda, hodisa tufayli 292 ta jonivor nobud bo`ldi. Odamlar esa o`zlari qilgan ishlarini to`g`ri deb hisoblashlarini ta`kidlashmoqda. Bundan keyin yirtqichlarni aholi punktlaridan uzoqda saqlash talab qilinmoqda.






