1

Bir haftada 1 ming 420 nafar haydovchi transport vositasini mast holda boshqargan

Jamiyat 18.07.2018, 10:08
Bir haftada 1 ming 420 nafar haydovchi transport vositasini mast holda boshqargan

O`tgan haftada respublikamiz avtomobil yo`llarida jami 160 yo`l-transport hodisasi sodir etilgan. Ularda 155 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olgan, deya O`zAga xabar bermoqda Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining matbuot xizmati.

Hafta davomida yo`l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan jami 81 ming 261 qoidabuzarlik aniqlangan. Bu qoidabuzarliklarning 38 ming 313 tasini qo`pol qoidabuzarlik tashkil etadi. Jumladan, 1 ming 420 nafar haydovchi transport vositasini mast holda boshqargan, 12 ming 356 nafar haydovchi belgilangan tezlik talablarini buzgan, 925 nafar haydovchi svetofor va chorrahalardan o`tish qoidasiga amal qilmagan.

Shuningdek, transport vositasining oynalarini me`yoridan ortiqcha qoraytirgan 567, harakat vaqtida telefondan foydalangan 885, xavfsizlik kamarlarini taqmasdan harakatlangan 15 ming 86, odam tashish qoidasiga amal qilmagan 11 ming 533 nafar haydovchiga nisbatan ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1