1

Avgust va sentyabrda bayram kunlariga to`g`ri keladigan ta`til muddati qanday hisoblanadi?

Jamiyat 18.07.2018, 10:13
Avgust va sentyabrda bayram kunlariga to`g`ri keladigan ta`til muddati qanday hisoblanadi?

2018 yil avgust–sentyabr oylarida ta`til kunlarini rejalashtirilish, rasmiylashtirilish, hisob-kitob qilish va haq to`lashda Prezidentning 2017 yil 28 dekabrdagi PF–5290-son Farmoniga muvofiq ish vaqtini hisobga olish tabeliga tuzatish kiritish zarur, deb yozmoqda Norma.

Eslatib o`tamiz, Farmon 5 kunlik ish haftasi belgilangan tashkilotlarga tatbiq etiladi.

«Qurbon hayit»ni nishonlash

2018 yil 22 avgustda O`zbekistonda «Qurbon hayit» bayramining 1-kuni nishonlanadi. Ushbu sanaga Farmon bilan 2 ta dam olish kuni qo`shiladi, 25 va 26 avgust ish kunlari bo`ladi.

Mustaqillik kunini nishonlash

2018 yil 31 avgust qo`shimcha dam olish kuni deb e`lon qilindi. 2018 yil 1 sentyabr – bayram kuni (MKning 131-moddasi), 2018 yil 2 sentyabr kalendar bo`yicha dam olish kuni hisoblanadi. Ushbu sanalarga yana 2 ta dam olish kuni –3 va 4 sentyabr qo`shiladi. 8 va 15 sentyabr ish kunlari bo`ladi.

Ta`til kunlarini hisoblashda MKning 131 va 139-moddalariga muvofiq ish, bayram, shanba va yakshanba kunlarini to`g`ri ko`rsatish, ta`til kunlarini, ta`tilning boshlanish va yakunlanish sanalarini to`g`ri hisoblash, shuningdek xodimlar uchun eng qulay paytda ta`tilni rejalashtirishlarida yordam berish zarur.

Quyidagi ko`rinishdagi tabel-jadvaldan foydalanishni taklif etamiz:

Ushbu jadvallarda qaysi kunlar bayram, dam olish kunlari hisoblanishi va ta`til kunlari hisobiga kiritilmasligi, shuningdek ta`til kunlari hisobiga kiritiladigan qolgan kunlar yaqqol ko`rinadi va ularni hisoblash oson bo`ladi.

Bu – muhim! 23 avgust, 3 va 4 sentyabr xodimlarning ta`til kunlari hisobiga kiritilgan bo`lsa, ular keyinchalik 25 avgust, 8 va 15 sentyabrda ishlab berishlari kerak emas.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1