1

Samarqandlik 71 yoshli otaxon velosipedda Hajga bormoqchi

Jamiyat 18.07.2018, 10:37
Samarqandlik 71 yoshli otaxon velosipedda Hajga bormoqchi

71 yoshli Shodiqul Egamberdiev 2011 yilda 1 400 kilometrni bosib o`tib, shogirdi bilan Samarqanddan Nukusgacha velosipedda borgan. Undan tashqari yana ko`plab manzillarga velosayohat uyushtirgan. Asli kasbi haydovchi bo`lgan, ora-sirada velosport bilan shug`ullangan otaxon endi Haj safariga otlanmoqchi, deb yozadi "Zarafshon" gazetasi.

U 50 kishicha yig`ilsak, O`zbekistondan Turkmanistonga, keyin Eron, undan keyin Saudiya Arabistoniga o`tsak, degan niyatda. Yo`lda ikki avtobus kuzatsa, biri – oshxona, ikkinchisi – yotoqxona vazifasini o`taydi. Kuniga 100 kilometr o`tib, kechga yo`l chetida avtobusda dam olaverishadi, – deydi otaxon.

– Kim istasa, menga sherik bo`lsin. Avvalambor, sheriklar bilan jiddiy tayyorgarlik ko`ramiz. Buning uchun O`zbekiston bo`ylab sayohat uyushtiramiz. Ularni tekshirib ko`raman, ular aqlan, ruhan, jismonan tayyor bo`lishi kerak. Men-ku kuniga 100 kilometr yo`lni bosib o`tishga tayyorman, boshqalarni bilmayman-da! Tayyor bo`lsak, kelasi yil Ramazon oyidan keyin yo`lga chiqamiz, - deydi Shodiqul bobo.

Otaxon qo`shni mamlakatlarga velosipedda o`tishni qonuniy rasmiylashtirishda mutasaddilar yordamidan umid qilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1