1

"Yashil" yo`lakda 100 gramm tillani ichga yutgan yo`lovchi ushlandi

Jamiyat 18.07.2018, 15:09
"Yashil" yo`lakda 100 gramm tillani ichga yutgan yo`lovchi ushlandi

Toshkent xalqaro aeroporti bojxonachilari Hindistonga otlangan yo`lovchilarni bojxona nazoratidan o`tkazish chog`ida qonunbuzarlik holatini fosh etishdi.

Aeroportdagi «yashil» yo`lakdan foydalangan holda yurtimizdan chiqib ketmoqchi bo`lgan fuqaro M.M.ning shubhali xatti-harakatlarini bojxonachilar o`z vaqtida payqab qolishdi.

Davlat bojxona qo`mitasi Axborot xizmati bergan xabarga ko`ra, o`tkazilgan shaxsiy ko`rik va tibbiy muolajalar natijasida ushbu shaxs umumiy narxi 23 million so`mlik, 100 gramm tilla quyma bo`laklarini yutib olganligi va ularni yurtimizdan noqonuniy olib ketmoqchi bo`lganligi oshkor bo`ldi.

Toshkent xalqaro aeroportidagi avtoturargohda go`yoki mehmonlarni kutib olishga chiqqan fuqaro P.A. esa zargarlik mahsulotlarini yurtimizga noqonuniy yo`llar olib kirishning antiqa usulini o`ylab topdi.

U Turkiyadan qaytgan yo`lovchilardan oldindan kelishilgan tilla buyumlarini yig`ib olib, o`zi boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtomashinasida juftakni rostlamoqchi bo`lganida, bojxonachilar tomonidan o`z vaqtida to`xtatib qolindi.

Og`irligi 689 grammni tashkil etuvchi, qiymati 151, 5 million so`mlik zargarlik buyumlari esa qonunbuzardan ashyoviy dalil sifatida olib qo`yildi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1