1

Qoidabuzar to`y kortejlari jarima maydoniga tortilmoqda

Jamiyat 18.07.2018, 15:16
Qoidabuzar to`y kortejlari jarima maydoniga tortilmoqda

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi taqdim etgan ma`lumotlarga ko`ra, joriy yil boshidan buyon 6 oy ichida 396 554 ta ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan bo`lib, ulardan 97 174 tasi qo`pol qoidabuzarliklardir.

Shuningdek, 43 496 ta yo`lovchi tashish qoidalarini buzish, 4462 ta holatda haydovchilarning avtomobil boshqaruvida uyali telefondan foydalanishi, 23 163 ta holatda tezlikni me`yordan oshirish, 3 040 ta avtomobilni mast holatda boshqarish vaziyatlari, 9 070 ta to`xtash va to`xtab turish qoidalarini buzish holatlari kuzatilgan. 6 701 ta holatda esa tegishli hujjatlarsiz avtomobilni boshqarayotgan haydovchilar jarimaga tortilgan.

Avtomobillarning harakatlanishiga xalaqit qilayotgan to`y kortejlari ham YPX xodimlari tomonidan jarimaga tortilmoqda. Yil boshidan buyon yo`l patrul xodimlari tomonidan 30ga yaqin to`y kortejlariga chora ko`rilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1