1

Adliya vaziri XXRning O`zbekistondagi elchisi Szyan Yan bilan uchrashdi

Jamiyat 18.07.2018, 16:44
Adliya vaziri XXRning O`zbekistondagi elchisi Szyan Yan bilan uchrashdi

2018 yilning 17 iyul kuni Adliya vazirligida O`zbekiston Respublikasi Adliya vaziri R.Davletov Xitoy Xalk Respublikasining Uzbekistondagi elchisi Szyan Yan xonim bilan uchrashdi.

Uchrashuvda huquqiy sohadagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi kundagi holati va kelajakda hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari kabi masalalar muhokama qilindi.

Ruslanbek Davletov mehmonni O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatining asosiy yunalishlari haqida tanishtirib, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan jadal islohotlarning zamonaviy bosqichida vazirlik oldida turgan asosiy vazifalar xususida ma`lumot berdi.

Elchi Szyan Yan xonim adliya vaziriga uchrashuv uchun minnatdorlik bildirib, u ham o`z navbatida O`zbekistan Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahnamoligida mamlakatni tubdan isloh qilish jarayonini diqqat bilan kuzatib borayotganini ta`kidladi. O`zbekiston xalqining huquqni himoya qilish va sud organlariga ishonchi ortib borayotganini yuksak baxoladi. Shuningdek, elchi xonim ikki xalq o`rtasida turli jabhalar, jumladan adliya sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish muhimligini qayd etdi.

O`z navbatida R.Davletov XXR Adliya vazirligi bilan yaqin hamkorlik yo`lga qo`yilganini ta`kidladi. Xususan, O`zbekiston va XXR adliya vazirlari o`rtasida tasdiqlangan hamkorlik bo`yicha 2018-2020 yillarga mo`ljallangan "Yul xaritasi" amaliy Harakatlar rejasi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar haqida ma`lumot berdi. Ushbu ikki yilga mo`ljallangan rejaga muvofik huquqiy yordam, yuridik xizmatlar ko`rsatish, sarmoyadorlar manfaatlarini himoya qilish, yuridik kadrlar malakasini oshirish masalalarida qator tadbirlar o`tkazish ko`zda tutilgan.

Shu bilan birga, R.Davletov XXR adliya vaziri Fu Jinxua janoblarining O`zbekistonga tashrifi kutilayotganini ma`lum kildi. Uning doirasida vazirlar tomonidan u yoki bu muammoni hal qilishni manzilli qo`llab-quvvatlash siyosatini ta`minlash maksadida O`zbekistonda xitoylik tadbirkorlarni huquqiy jihatdan qo`llab-kuvvatlash markazini tashkil qilish masalasi ko`rib chiqilishi rejalashtirilmokda.

Elchi Szyan Yan xonim Harakatlar dasturi doirasida ikki mamlakat biznes sub`ektlarini huquqiy jihatdan qo`llab-quvvatlashni ta`minlashga qaratilgan aniq chora-tadbirlar ko`zda tutilganini qayd etib, ularni amalga oshirishda zarur yordam kursatishga tayyor ekanini bildirdi.

Muloqot so`nggida uchrashuv konstruktiv va xayrixoxlik ruhida o`tgani ta`kidlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1