1

Toshkentdagi sayilgohda bepul muzqaymoq tarqatilmoqda

Jamiyat 18.07.2018, 16:55
Toshkentdagi sayilgohda bepul muzqaymoq tarqatilmoqda

Toshkentdagi Ashxobod sayilgohida bepul muzqaymoq tarqatish boshlandi.

"Diqqat! Yozgi aksiya! Soat 12:00 dan 17:00 gacha Ashxobod sayilgohida barchangiz mazali muzqaymoqni mutlaqo bepul tatib ko`rishingiz mumkin. Ashxobod oilaviy sayilgohida eng shirin taassurotlar ega bo`ling!", - deb yozilgan sayilgohning Facebookdagi sahifasida.

Eslatib o`tamiz ushbu sayilgoh shu yil may oyi boshida ochilgan. Uning hududi ikkita - ko`ngil ochar va tinch hordiq chiqarish uchun mo`ljallangan zonaga ajratilgan. Sayilgohda 60 dan ortiq attraksion va uyin avtomatlar hamda bepul Wi-Fi bor. Kirish qismida avtomashina turargohi ham mavjud.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1