Ekvadorning Pedro-Monkayo shahrida yarim million atirgullardan piramida yasaldi, deya xabar qildi RIA Novosti nashri.
Bu orqali eng yirik gul bezagi bo`yicha dunyo rekordi o`rnatilishi ko`zda tutilgan.
Piramidaning maydoni ming kvadrat metrdan oshiqroq joyni egalladi.
Shahar aholisi 30 yildan oshiqroq vaqt davomida atirgul etishtirib keladi va ular dunyodagi eng chiroyli gullarni etishtirishlarini isbotlab qo`yishmoqchi.






