1

Qoraqalpog`istonda kuchli shamol oqibatida yana qumli bo`ron ko`tarildi (foto)

Jamiyat 19.07.2018, 09:36
Qoraqalpog`istonda kuchli shamol oqibatida yana qumli bo`ron ko`tarildi (foto)

18 iyul kuni Qoraqalpog`iston Respubublikasining shimoli-g`arbiy tarafidan esgan kuchli shamol qumli bo`ron ko`tarilishiga sabab bo`ldi, deya xabar bermoqda "Karinform.uz".

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining xabar berishicha, respublikaning shimoliy tumanlari Qorao`zak, Chimboy va Kegayli, shuningdek, Qo`ng`irot tumanlarida soat 12:30 larda kuchli shamol esishi oqibatida hamma joyni qum bo`roni qoplagan.

Қoraқalpoғistonda kuchli shamol oқibatida yana қumli bo`ron ko`tarildi

Qum bo`roni poytaxtimiz Nukus shahriga 13:10 larda kirib kelgan. Bu haqda ob-havoni kuzatish markazi hech qanday ogohlantirish bermagan.

Қoraқalpoғistonda kuchli shamol oқibatida yana қumli bo`ron ko`tarildi

Bu yili yog`ingarchilik miqdorining juda kam bo`lganligi tufayli Qoraqalpog`iston hududidagi qumlarning tez-tez havoga ko`tarilayotganligiga guvoh bo`lyapmiz.

Қoraқalpoғistonda kuchli shamol oқibatida yana қumli bo`ron ko`tarildi

Eslatib o`tamiz, bundan avvalgi qum bo`roni may oyining oxirlarida havoga ko`tarilgan va uning tarkibida Orol dengizining qurigan tubidagi tuzlar borligi aniqlangan edi. Bugungi qum bo`roni tarkibida tuz bor yoki yo`qligi to`g`risida rasmiy ma`lumot berilishini kutamiz.

Rasmlar muallifi Islam Matekov

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1