1

1 avgustdan O`zbekistonda avtomobil oynalarini qoraytirishga ruxsat berildi

Jamiyat 19.07.2018, 09:41
1 avgustdan O`zbekistonda avtomobil oynalarini qoraytirishga ruxsat berildi

Tusi o`zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali engil avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to`g`risida Hukumat qarori qabul qilindi, deb xabar beradi "Huquqiy axborot" kanali.

Qarorga muvofiq:

  • 2018 yil 1 avgustdan qoraytirilgan oynali engil avtotransport vositalaridan pulli asosda foydalanishga ruxsat berildi;
  • oynalarni qoraytirish Ichki ishlar vazirligi huzuridagi “Innovasiya loyihalari va aholiga servis xizmatlari ko`rsatish markazi” DUK tomonidan amalga oshiriladi;
  • oynalarni qoraytirish uchun Davlat yo`l harakati xavfsizligi xizmati (DYHXX)dan ruxsatnoma (1 yilga beriladi) olish kerak;
  • orqa oynani yorug`lik o`tkazuvchanlik besh foizdan kam bo`lmagan (95 foizga qoraytirish), orqa yon oynalarni yorug`lik o`tkazuvchanlik 30 foizdan kam bo`lmagan (70 foizga qoraytirish) darajada o`zgartirish mumkin;
  • old oynaning tepa qismini 14 sm dan ko`p bo`lmagan va yorug`lik o`tkazuvchanlik 30 foizdan kam bo`lmagan shaklda o`zgartirish uchun ruxsatnoma shart emas;
  • xorijiy davlatlarning oynalari qoraytirilgan engil avtotransport vositalarini O`zbekistonga vaqtincha kirishi va tranzit harakatlanishi uchun 15 AQSh dollari miqdorida yig`im undiriladi.

Qoraytirishga ruxsatnoma berganlik uchun to`lovlar:

  • jismoniy shaxslarga eng kam ish haqining 90 baravari (16 587 000 so`m);
  • yuridik shaxslarga eng kam ish haqining 120 baravari (22 116 000 so`m);
  • xorijiy davlatlar yuridik shaxslariga eng kam ish haqining 140 baravari (25 802 000 so`m).

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1