1

O`zbekistonda ilk marta OTMlarning reytingi e`lon qilindi

Jamiyat 19.07.2018, 09:52
O`zbekistonda ilk marta OTMlarning reytingi e`lon qilindi

O`zbekistonda ilk bor oliy ta`lim muassasalari reytingi e`lon qilindi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ma`lum qildi.

Qayd qilinishicha, inspeksiya Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi bilan hamkorlikda rivojlangan davlatlarning ilg`or tajribasi hamda QS, ARWU, TIME kabi yirik reyting agentliklari uslublarini o`rgangan holda ilk marotaba bu reyting aniqlangan.

Oliy ta`lim muassasalari reytingi 23 ta indikator asosida baholandi.

Mazkur indikatorlar asosida shu yilning mart-iyun oylarida 57 ta oliy ta`lim muassasalari faoliyati tahlil qilindi va tajriba-sinov tariqasida ularning 2018 yil 1 yanvar holatiga reytingi ishlab chiqildi.

Unga ko`ra kuchli 10 talik oliy ta`lim muassasalari ro`yxati:

1. O`zbekiston milliy universiteti

2. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti

3. Toshkent irrigasiya va qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti

4.Toshkent to`qimachilik va engil sanoat instituti

5. Samarqand davlat universiteti

6. Toshkent tibbiyot akademiyasi

7. Toshkent davlat stomatologiya instituti

8. O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti

9. Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti

10. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Reytingda quyi pog`onani egallagan 10 ta oliy ta`lim muassasalari ro`yxati:

48. Namangan muhandislik-texnologiya instituti

49. Navoiy davlat pedagogika instituti

50. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

51. Qarshi davlat universiteti

52. Jizzax politexnika instituti

53. Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti

54. O`zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti

55. Milliy rassomchilik va dizayn instituti

56. Jizzax davlat pedagogika instituti

57. Qo`qon davlat pedagogika instituti.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1