Normativ-huquqiy hujjatlar portalida Hukumatning “Yo`l harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori loyihasi e`lon qilindi.
Hujjatga ko`ra, 2019 yil 1 iyuldan mulkchilik shaklidan qat`i nazar jamoat transporti va yo`lovchi tashuvchi transport vositalari uchun videoregistratorlar o`rnatish bo`yicha majburiy tartib joriy etiladi.
Huquqbuzarlik qayd etilgan videoyozuvlarni yuborgan fuqarolar huquqbuzardan undirilgan jarima hisobidan eng kam oylik ish haqining besh foizi miqdorida rag`batlantiriladi.
Videoregistratorlar orqali yo`l harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan videoyozuvlarni taqdim etgan fuqarolarning shaxsiy ma`lumotlari oshkor etilishiga yo`l qo`yilmaydi.






