Bosh prokurorning 16 iyuldagi buyrug`iga asosan Raxmatov Shavkat Turakulovich Toshkent viloyati prokurori vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar beradi.
U 2018 yilning may oyidan shu vaqtgacha Toshkent viloyati prokurorining o`rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Sh.Raxmatov 1970 yilda tug`ilgan, ma`lumoti oliy, huquqshunos. 1995 yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.
Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1995 yilda Yangiyo`l shahar prokuraturasida boshlab, Toshkent viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 1998 yildan boshlab, Bosh prokuratura boshqarma prokurori, Bosh prokurorning yordamchisi, Bosh prokuratura boshqarma boshlig`i o`rinbosari, Bekobod tuman prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Eslatib o`tamiz, Toshkent viloyati prokurori Bahodir Po`latov 13 iyul kuni Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.






