AsosiyJamiyat

​Namanganda ajrashish arafasidagi 60 dan ziyod oila yarashtirildi

'​Namanganda ajrashish arafasidagi 60 dan ziyod oila yarashtirildi'ning rasmi

Namangan viloyatida O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan tizimga daxldor masalalar yuzasidan kelib tushayotgan aholi murojaatlarini ko`rib chiqishga qaratilgan ochiq muloqotlar o`tkazildi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Xususan, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K.Komilov, Oliy sud raisining o`rinbosari X.Yodgorov, Oliy sud sudyalari hamda viloyat sudi raisi ishtirokida Namangan shahri, Uychi, Chust, Kosonsoy va Norin tumanlarida shunday uchrashuvlar bo`lib o`tdi. Ularda Prezidentimizning 2018 yil 13 iyuldagi “Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmoni mazmun-mohiyati, sud organlari faoliyatining shaffofligini yanada oshirishda jamoatchilik rolini kuchaytirishning ahamiyati haqida so`z bordi.

Huquqbuzarlik, jinoyatchilik va oilaviy ajrimlarning oldini olish hamda aliment, meros huquqiga oid munosabatlarni tartibga solishda sudlar mahalla, yoshlar ittifoqi va boshqa jamoatchilik tashkilotlari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash lozimligi ta`kidlandi.

Muloqotlardan so`ng tashkil etilgan sayyor qabullarda sud qarorlari va ajrimlardan norozi bo`lgan, turli ijtimoiy-iqtisodiy masalalarda huquqiy maslahat va ko`mak so`rab murojaat qilgan 200 dan ortiq fuqaroning murojaati tinglandi. Tadbir davomidagi tushuntirish ishlari tufayli 60 dan ziyod ajrashish arafasida turgan oila yarashdi.

Har bir murojaat va uning echimini qonun talablari doirasida ijobiy hal qilish nazoratga olindi.

    Boshqa yangiliklar