AsosiyJamiyat

Fotima Rejametova xonadonida og`ir judolik

'Fotima Rejametova xonadonida og`ir judolik'ning rasmi

Kutilmagan avtohalokat hammamiz tanigan, "Oyijon" filmidagi rolidan keyin sevilib qolgan iste`dodli yosh aktrisa, Farangiz Rejametova (Jamolxonova)ni oramizdan olib ketdi.

"Farangizning bolaligidan to shu kunga qadar tanigan, bilgan chog`larim ko`z oldimdan o`tayapti. Biz u bilan o`tgan hafta xuddi shu kuni Samarqandda, "Saxovat-shou" ko`rsatuvida s`yomkada edik. U bilan Farangiz hali juda kichkinaligida, Milliy teatr tarkibida, Moskvada ham gastrolda bo`lganmiz. U kichkinaligidanoq juda mustaqil qizaloq edi. Ko`zlarida bir dunyo orzu-umidlar bor edi.

Bugun Farangizni soat 13:00da so`nggi yo`lga kuzatishadi", deb yozgan jurnalist Shohira Hamro o`zining facebook‘dagi sahifasida.

"Darakchi" tahririyati jamoasi nomidan Fotima Rejametova oilasiga hamdardlik bildiramiz.


Samarqand safari. Roppa-rosa bir hafta ilgari tushilgan surat.

    Boshqa yangiliklar