AsosiyJamiyat

Toshkent shahrining yangi gerbini ishlab chiqish bo`yicha tanlov o`tkaziladi

'Toshkent shahrining yangi gerbini ishlab chiqish bo`yicha tanlov o`tkaziladi'ning rasmi

Joriy yilning 25 avgustiga qadar Toshkent shahri ramzi — gerbini ishlab chiqish bo`yicha tanlov o`tkaziladi. Bu haqda shahar hokimligida bo`lib o`tayotgan matbuot anjumanida aytildi, deb xabar bermoqda «Xalq so`zi».

Tanlov badiiy vositalar yordamida toshkentliklarda g`urur, vatanparvarlik va hamjihatlik tuyg`ularni uyg`otuvchi ramzni yaratish maqsadida o`tkazilmoqda.

Tanlovning mukofot jamg`armasi 10 million so`m va homiylarning qimmatbaho sovg`alaridan tashkil topgan. Yakuniy natijalarga ko`ra, bitta g`olib, ikkita ikkinchi o`rin, uchta uchinchi o`rin sovrindorlari aniqlanadi va ular rag`batlantiriladi.

    Boshqa yangiliklar