1

Jizzaxda bezorilar ichki ishlar xodimlariga qo`l ko`tarib, jarohat etkazdilar

Jinoyat 21.07.2018, 09:10
Jizzaxda bezorilar ichki ishlar xodimlariga qo`l ko`tarib, jarohat etkazdilar

19 iyul kuni Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida yashovchi fuqaro tuman IIBga telefon orqali murojaat qilib, qo`shnisi E.S.ning uyiga 4 nafar noma`lum shaxs kelib, ularni tinchligini buzayotganligini ma`lum qilgan.

"Mazkur xabar yuzasidan tuman IIBda xizmat olib borayotgan leytenant Sh.G`. va leytenant Q.T.lar tartibni saqlash uchun E.S.ning uyiga etib kelganlarida u erda bo`lgan Jizzax shahrida yashovchi J.Q. va A.H.lar leytenant Sh.G`.ning boshiga shisha idish bilan, leytenant Q.T.ning esa bosh va tanasinining turli joylariga qo`llari bilan urib jarohat etkazib, voqea joyidan qochib ketganlar", deyiladi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabarida.

Natijada leytenant Sh.G`. va Q.T.lar kasalxonaga yotqizilgan. Ko`rilgan choralar natijasida J.Q. va A.H.lar qo`lga olingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1