1

O`zbekistonda ota-onalar bilan ishlaydigan jamoatchilik tuzilma takomillashtirildi

Jamiyat 21.07.2018, 08:23
O`zbekistonda ota-onalar bilan ishlaydigan jamoatchilik tuzilma takomillashtirildi

Fuqarolar yig`ini huzuridagi “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzuilmasi faoliyatini yanada takomillashtirish to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan fuqarolar yig`ini huzuridagi “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmasi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar qilmoqda.

Nizomga ko`ra, universitetning asosiy vazifasi, jumladan, farzand tarbiyasiga etarli e`tibor bermayotgan ota-onalar bilan ishlash, fuqarolar yig`inidagi oilalarda ijtimoiy-ma`naviy muhit barqarorligiga salbiy ta`sir ko`rsatuvchi holatlarning oldini olish hisoblandi.

Universitet tarkibi 10-15 nafar a`zodan iborat tarkibda ovoz berish yo`li bilan shakllantiriladi.

Har yili Xotin-qizlar qo`mitasi tomonidan o`tkaziladigan “Eng namunali xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma`naviy-ahloqiy qadryatlarni mustahkamlash bo`yicha mutaxassis” ko`rik-tanlovi doirasida namunali faoliyat olib borayotgan “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmasi rahbarlari va a`zolarini rag`batlantirish bo`yicha alohida nominasiyalar joriy etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1