1

Prezident qarori: fan va oliy ta`lim sohasi xodimlarining ish haqi oshiriladi

Jamiyat 21.07.2018, 09:50
Prezident qarori: fan va oliy ta`lim sohasi xodimlarining ish haqi oshiriladi

O`zbekiston Respublikasi prezidenti “Fan va oliy ta`lim sohasi xodimlarining mehnat haqi miqdorini yanada oshirish, ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalari joriy etilishini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorni imzoladi.

Hujjatga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 5 apreldagi “Respublika oliy ta`lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to`lash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ–3655-son qaroriga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan fundamental, amaliy tadqiqotlar ilmiy-texnik dasturlarini va innovasiya ishlarini amalga oshirishda ishtirok etayotgan ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlari, shuningdek, oliy ta`lim muassasalari rahbar xodimlari va professor-o`qituvchilar tarkibining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 2018 yil 1 sentyabrdan boshlab tabaqalashtirilgan holda o`rtacha 25 foizga oshiriladi.

O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Innovasion rivojlanish vazirligi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining:

2018 yil 1 avgustdan O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati xodimlarining ish haqi miqdorini 2 baravar oshirish;

2018 yil 1 sentyabrdan ilmiy faoliyatni konstruktor-texnologik ta`minlash, ilmiy laboratoriya uskunalariga xizmat ko`rsatish vazifalari yuklatilgan ilmiy-tadqiqot muassasalari muhandis-texnik xodimlarining ish haqi miqdorini egallab turgan lavozimi va ilmiy faoliyat sohasidan kelib chiqib, 30 foizdan 100 foizgacha tabaqalashtirilgan miqdorda oshirish to`g`risidagi takliflariga rozilik berildi.

O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan fundamental, amaliy tadqiqotlar ilmiy-texnik dasturlarini va innovasiya ishlarini amalga oshirishda ishtirok etayotgan ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlari, ilmiy faoliyatni konstruktor-texnologik ta`minlash, ilmiy laboratoriya uskunalariga xizmat ko`rsatish vazifalari yuklatilgan ilmiy-tadqiqot muassasalarining muhandis-texnik xodimlari, shuningdek, oliy ta`lim muassasalarining rahbar xodimlari va professor-o`qituvchilar tarkibining ish haqi miqdori quyidagi ikki bosqichda oshiriladi:

2019 yil 1 yanvardan – 20 foizga;

2019 yil 1 iyuldan – 25 foizga.

O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Innovasion rivojlanish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi 2018 yil 25 iyulgacha bo`lgan muddatda O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati xodimlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari muhandis-texnik xodimlarining ish haqi miqdorini ushbu qaror talablarini inobatga olgan holda qayta ko`rib chiqadi.

Vazirlar Mahkamasi mazkur qaror talablariga muvofiq 2018 yil 1 noyabrgacha bo`lgan muddatda O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan fundamental, amaliy tadqiqotlar ilmiy-texnik dasturlarini va innovasiya ishlarini amalga oshirishda ishtirok etayotgan ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlari, shuningdek, oliy ta`lim muassasalari rahbar xodimlari va professor-o`qituvchilar tarkibining bazaviy lavozim maoshlarini tasdiqlaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1