1

Toshkentda noqonuniy kesilgan 2 tup chinor uchun 46 million so`m jarima belgilandi

Jamiyat 21.07.2018, 11:40
Toshkentda noqonuniy kesilgan 2 tup chinor uchun 46 million so`m jarima belgilandi

Toshkentning Shayxontohur tumanida 2 tup chinoor daraxtini noqonuniy kesgan tashkilot vakillariga nisbatan 46 mln 100 ming so`m jarima belgilandi, deb xabar qilmoqda O`zA.

“O`rda kanali yaqinidagi 2 tup chinor daraxtining erdan 4-5 metr balandlikdagi qismi qoldirilib, kesib tashlangan. Surishtiruv natijasida hech qanday ruxsatnomasiz, noqonuniy tarzda amalga oshirilgan ushbu harakatga mutasaddi tashkilotlarning mas`ullari tomonidan yo`l qo`yilgani ma`lum bo`ldi. Ularga nisbatan 46 million 100 ming so`m miqdorida jarima belgilandi”, - deyilgan xabarda.

2018 yilning 6oyi davomida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi huzuridagi Bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi Toshkent shahar bo`linmasiga Toshkent va Sirdaryo viloyatidan 4 ming 400 tupdan ziyod daraxt kesilishiga oid 607 murojaat bo`lgan. Shu murojaatlarning 404 tasi ruxsatnoma asosida kesilayotgani ma`lum qilingan. 203 murojaat esa noqonuniy holda amalga oshirilayotgani bois kerakli choralar ko`rilgan.

Ushbu muddat davomida poytaxtimizda ham sohaga oid huquqbuzarliklarni tezkor aniqlash, tegishli choralar ko`rish yuzasidan reydlar o`tkazildi. Jarayonda noqonuniy ravishda daraxt kesishga yo`l qo`yilgan holatlar aniqlanib, qonunni buzgan shaxslarga nisbatan 95 holatda 17 million so`mdan ortiq jarima solindi. Ayni vaqtgacha 10 million 100 ming miqdordagi jarima undirilgan.

Bundan tashqari, 86 holatda 930 million so`mdan ziyod o`simlik dunyosiga etkazilgan zarar aniqlangan va 37 holat bo`yicha 27 million 600 ming so`m miqdordagi jarima undirilgan.

Tabiatga etkazgan zarari uchun 4 fuqaroga nisbatan 361 million 500 ming so`m jarima belgilandi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi va Toshkent shahar hokimligi o`rtasida qo`shma qaror tuzildi. Unda belgilanishicha joriy yilning 1 sentyabridan boshlab 1 tup kesilgan daraxt uchun 10 tup manzarali ko`chat ekish belgilandi. Daraxtlarni kesishda avval bitta tashkilot mutaxassisi o`rganib, xulosa chiqargan bo`lsa, endilikda bu jarayonga mutasaddi tashkilot xodimi, mahalla va hududdagi TSJ xodimlari ham jalb etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1