1

Farangiz Rejametova YTH qurboni bo`ldi

Jamiyat 21.07.2018, 18:21
Farangiz Rejametova YTH qurboni bo`ldi

Yo`l-transport hodisasi oqibatida hayotdan ko`z yumgan iste`dodli aktrisa Farangiz Rejametovani Abdulla Qodiriy va Mahatma Gandi chorrahasidagi piyodalar o`tish joyida Mercedes-Benz mashinasi urib ketgan. Hodisa 20 iyul kuni soat 21:15 atrofida yuz berdi. Mashinani 23 yoshli U.E. boshqarayotgan bo`lgan, u jabrlanuvchini kasalxonaga olib ketgan, biroq Farangiz yo`lda vafot etgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Voqeaga guvoh bo`lganlarning so`zlariga ko`ra, haydovchi tartibga solinmagan piyodalar o`tish joyidan o`tmoqchi bo`lgan qizga yo`l bermagan.

Ushbu holat bo`yicha Toshkent shahrining Mirzo Ulug`bek tumani IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi, 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoiy ish qo`zg`atilgan.

Ma`lumot uchun, Farangiz Rejametova marhum aktyor To`g`on Rejametovning nabirasi, aktrisa Fotima Rejametovaning qizidir. U Zulfiqor Musoqovning «Oyijon» filmida bosh rolda o`ynagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1