Rejissyor Zulfiqor Musoqov Farangiz Rejametovaning vafoti yuzasidan o`zining Facebook’dagi sahifasida munosabat bildirdi.
Musibat va alam. Bir nechta filmlarda suratga tushgan aktrisa Fotima Rejametovani yoshgina qizi Farangiz (u «Oyijon» filmida esda qoldi) avtomashina g`ildiraklari tagida halok bo`ldi... Ota va onasiga sabr tilayman, bandalik... Alam? Ha, alam va g`azab. O`sha «Mersedesda» tezlikni oshirib yurgan va bir odamni boshini egan ablahga ming la`nat. Bunaqa jinoyatchilarni ayab bitta odamni mashinasida o`ldirgani uchun atigi 7 yil, ikkita va undan ortiq odam o`lsa atigi 10 yil qamoq jazosini o`ylab topgan qonunchilarga uyat. O`lganga va uning yaqinlariga ularni jigari nimadan o`lgani baribir: pichoqdanmi yoki g`ildirakdanmi. Natija butun boshli bir inson yo`q bo`ldi. Agar haydovchi odam urib yuborsa, 25 yil hech qanaqa amnistiyasiz qamalishini bilsa, o`shanda ming marotaba o`ylab ko`radi, tezlikni oshirishni, og`ziga spirt ichimlikni olishni ham o`ylab ko`radi... Lekin qonunchilar piyoda yurishmaydi, ular yozda kondisionersiz avtobusda ham yurishmaydi, ularni hovlisidagi chinorlarni ham kesishmaydi, pensiyasini ham bir-ikki parcha qog`oz deb yillab mehnatini kesishmaydi...
Zulfiqor Musoqov, rejissyor, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan san`at arbobi






