1

Telegram foydalanuvchilari messenjer ishida uzilishlar bo`layotganidan shikoyat qilishdi

Dunyo 22.07.2018, 16:48
Telegram foydalanuvchilari messenjer ishida uzilishlar bo`layotganidan shikoyat qilishdi

Yakshanba kuni bir qator mamlakatlarda Telegram messenjeri faoliyatida muammolar kuzatildi.

Nosozlik Moskva vaqti bilan soat 11:00 atrofida qayd etilgan. Foydalanuvchilar serverga ulana olmaslik (48%), o`z messenjerlariga kira olmaslik(27%) va xabarlarni yubora olmayotganliklaridan (23%) shikoyat qilishgan.

Foydalanuvchilar ma`lumotlariga qaraganda Italiya, Ispaniya, Avstriya, Chexiya, Gresiya, Turkiya, Ukraina va Belorussiya eng ko`p muammolarga duch kelmoqda. Shuningdek, Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg, Kazan, Samara, Ekaterinburg va Novosibirsk aholisi tomonidan nosozliklar haqida xabarlar yuborilgan.

Eslatib o`tamiz, mart oyi oxirida ham butun dunyo bo`ylab Telegram messenjeri ishida uzilishlar qayd etilgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1