AsosiyDunyo

Eronda bir kunda ikki zilzila qayd etildi

'Eronda bir kunda ikki zilzila qayd etildi'ning rasmi

Eron janubidagi Xormozgon viloyatida yakshanba kuni 4.7 va 5.7 magnitudalik zilzilalar ro`y berdi. Bu haqda Tehron universiteti Geofizika institutining Eron seysmologiya markaziga asoslanib, IRNA xabar bermoqda.

Birinchi silkinish magnitudasi 4,7 ballni tashkil etgan va mahalliy vaqt bilan 9:34 da qayd etilgan, 5,7 balli ikkinchi zilzila taxminan uch daqiqadan so`ng sodir bo`ldi. Zilzilalarning o`chog`i mos ravishda 22 va 8 kilometr chuqurlikda joylashgani aytilmoqda.

Tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish bo`yicha mintaqaviy bo`linma vakili tomonidan ma`lum qilinishicha, hududga qutqaruvchilar guruhi jo`natilgan. Hozircha, halok bo`lganlar va vayronagarchiliklar haqidagi ma`lumotlar yo`q.

    Boshqa yangiliklar