AsosiyDunyo

“Fantastik jonivorlar” qaytmoqda (Video)

'“Fantastik jonivorlar” qaytmoqda (Video)'ning rasmi

San-Diegoda bo`lib o`tgan Comic-Con konvensiyasida fentezi janrida suratga olingan “Fantastik jonivorlar: Grindelvaldning jinoyati” filmining rasmiy treyleri namoyish etildi, deya xabar bermoqda Segodnya nashri.

Dunyodagi eng boy adiba Joanna Rouling asari bo`yicha suratga olingan ushbu kinokartinada “Garri Potter”dagi ko`plab qahramonlarni ko`rish mumkin bo`ladi.

Bosh rollarda Jud Lou, Joshua Shi, Jonni Depp, Eddi Redmeyn, Ketrin Uoterston, Elison Sudol, Den Fogler, Ezra Miller va boshqalar.

Rejissyor Devid Yeytsning yangi fentezisi kuz faslida – 15 noyabrda katta ekranlarga chiqariladi.


Boshqa yangiliklar