AsosiyDunyo

Habashistonda arslonlar qizchani himoya qilishdi (Foto)

'Habashistonda arslonlar qizchani himoya qilishdi (Foto)'ning rasmi

Habashiston poytaxti Addis-Abeba yaqinida bir necha erkak 12 yoshli qizchani o`g`irlab ketishdi, deya xabar berdi Topnews.ru nashri.


Qo`lga tushgan qizchani erkaklar uning xohishiga xilof ravishda nikohdan o`tishga majbur qilishgan. Qiz bo`yin bermagach, erkaklar uni do`pposlagan.

To hukumat qizchani izlab topguncha bechora bir hafta asirda o`tirgan.

Lekin chinakam mo``jiza yuz beradi: qizchani arslonlar to`dasi himoya qiladi.

Arslonlar qizchaning atrofini o`rab olishadi. Yuraklari tovonlariga tushgan erkaklar esa juftakni rostlab qolishdi. Arslonlar esa polisiya etib kelmaguncha qizchani himoya qilib turishgan.

Boshqa yangiliklar