AsosiyJamiyat

O‘zLiDeP deputatlari 14 yildan beri noqonuniy faoliyat yuritib kelayotgan “Xorazm avtomobil bozori” masalasini sessiya kun tartibiga olib chiqadi

'O‘zLiDeP deputatlari 14 yildan beri noqonuniy faoliyat yuritib kelayotgan “Xorazm avtomobil bozori” masalasini sessiya kun tartibiga olib chiqadi'ning rasmi

Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi va Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashi Mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo`yicha doimiy komissiyasining qo`shma yig`ilishi bo`lib o`tdi. Yig`ilishda mahalliy byudjetga tushumlar tushirish bo`yicha viloyatdagi avtoturargohlar, avtomabil bozorlaridagi tushumlarning byudjetga o`z vaqtida to`lanish holati tahlil qilindi.

O`rganishlar jarayonida “Xorazm avtomobil bozori” MChJning 2004 yildan buyon faoliyat yuritib, 10 000 m2 er maydonidan mahalliy byudjetga hech qanday er solig`i to`lamasdan noqonuniy foydalanib kelayotgani, Urganch tumanidagi “Red Rubin” MChJga qarashli “Zamonaviy tipdagi avtomobillarning ikkilamchi savdo bozori” va “Avto ehtiyot qismlari savdo majmuasi”ni ishga tushirish bo`yicha Urganch tuman hokimining 2018 yil 20 yanvardagi 122-sonli qarori ijrosi ta`minlanmagani hamda yangi avtomobil bozori ishga tushirilmagani, aniqlangan edi.

Mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan kuni kecha partiya viloyat Kengashi tashabbusi bilan navbatdagi qo`shma yig`ilish o`tkazildi. Unda mazkur masala yuzasidan viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari U.Matkarimov, viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig`i Q.Igambergenov hamda davlat raqobat qo`mitasi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig`i J.Nazarovlarning axborotlari eshitildi.

Ma`lum bo`lishicha, 14 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan “Xorazm avtomobil bozori” MChJ tomonidan ajratilgan er maydoni belgilangan muddatda o`zlashtirilmagani, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib ro`yxatdan o`tkazmagani va er solig`i to`lamasdan kelgani uchun Urganch shahar hokimining qarori bilan 10.000 kv.metr er davlat ixtiyoriga qaytarilgan.

Biroq, jamiyat shu kungacha 10.000 kv.metr va shahar hokimligi zaxirasidagi 10.700 kv.metr, jami 20.700 kv.metr er maydonlarini o`zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy ravishda panjara va devorlar bilan o`rab olib, foydalanib kelmoqda. Shuningdek, davlat ixtiyoridagi ko`kalamzorlashtirib qo`yiladigan 4000 kv.metr er maydonini o`zboshimchalik bilan egallab 58*69 metr temir panjarali poydevor bilan noqonuniy o`rab olgan.

Yig`ilish yakunida Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi va doimiy komissiyasi a`zolariga kun tartibidagi masalalar yuzasidan olib boriladigan ishlar ustidan ta`sirchan deputatlik nazoratini olib borish va mazkur masalalar ijrosini taminlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga taklif kiritish belgilandi.

Shavkat Safarbaev,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi raisi,

Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashidagi

O‘zLiDeP deputatlik guruhi a`zosi,

doimiy komissiya raisi

    Boshqa yangiliklar