Guliston shahrida yashovchi Valijon aka qaynisining “Bir to`y qilingki, hali hech kimniki bunday dabdabali o`tmagan bo`lsin, dovrug`i Sirdaryoning narigi qirg`og`iga ham etsin” degan maslahatiga ko`nib, quda tomonga “Qizimni eng so`nggi rusumdagi traktorda olib ketasizlar” deb shart qo`ydi.
Shunday ham bo`ldi. Qaynisi tomonidan o`ylangan to`y ssenariysiga ko`ra, kelin–kuyov FHDYoga boshqalar kabi avtomobillarda emas, qurilish-obodonlashtirish ishlarida qo`llaniladigan qimmatbaho texnikaning “belkuragi”da yo`l olishdi...

"Xalq so`zi" nashri xabariga ko`ra, ko`rsatuv rejissyori Jahongir Eshpo`latovning ushbu ijodiy topilmasi jamoatchilik tomonidan iliq kutib olindi. Eng muhimi, mazkur teletomosha yurtimizda to`ylarni ixchamlashtirish, dabdababozlik va isrofgarchilikka chek qo`yish borasida olib borilayotgan keng ko`lamli targ`ibot–tashviqot ishlariga qo`shilgan o`ziga xos hissa bo`ldi.






