AsosiyJinoyat

101 million so`mlik zargarlik buyumlari to`xtatib qolindi

'101 million so`mlik zargarlik buyumlari to`xtatib qolindi'ning rasmi

Yurtimizga kirib kelayotgan va xorijga safarga otlangan har bir fuqaro amaldagi bojxona qonunchiligiga rioya etishi shart. Ammo, fuqaro M.Z.ning zargarlik buyumlarini Hindistonning Dehli shahriga noqonuniy olib ketishga urinishi qimmatga tushdi.

U “qizil” yo`lakdan harakatlanyotganda 62 million so`mlik, 413 gramm zargarlik buyumlarini bojxona deklarasiyasida qayd etmadi.

Shuningdek, Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmatining xabariga ko`ra, “Istanbul-Toshkent” yo`nalishi bo`yiga uchib kelgan fuqaro N.L. qiymati 39 million so`mdan ortiq 186,6 gramm zargarlik buyumlarini yurtimizga yashirincha olib kirmoqchi bo`lgan.

Ushbu ikki holatda bojxonachilar tomonidan qonunbuzarlardan umumiy qiymati 101 million so`mlik, qariyb 600 gramm zargarlik buyumlari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar