1

"Yozni "Kamalak" bilan!" loyihasida ishtirok eting!

Jamiyat 24.07.2018, 10:33
"Yozni "Kamalak" bilan!" loyihasida ishtirok eting!

Oromgohga borish istagida bo`lgan, biroq imkoniyati bo`lmagan 220 nafar bolalar "Yoshlar oromgohi"da dam oladi

"Kamalak" bolalar tashkiloti tomonidan yoz mavsumida bolalarning bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni sog`lom turmush talablari asosida tarbiyalash, bolalar orasida sportning ommaviy turlarini keng targ`ib qilish, siyosiy-huquqiy dunyoqarashini shakllantirish hamda ma`naviy hordiq olishlarini tashkil etish maqsadida joriy yilning 1-7 avgust kunlari Toshkent viloyatida joylashgan "Yoshlar oromgohi"da "Yozni "Kamalak" bilan!" loyihasi doirasida sog`lomlashtirish va dam oldirish mavsumi tashkil etiladi.

Sog`lomlashtirish va dam oldirish mavsumida Qoraqalpog`iston Respublikasi viloyatlar va Toshkent shahridan tashrif buyuruvchi 220 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj bo`lgan oila farzandlari ishtirok etadi.

Mavsum davomida bolalar salomatligini yaxshilash maqsadida, profilaktik davolanishlar, sog`lomlashtirish muolajalari va ko`plab ko`ngil ochar dasturlar tashkil qilandi. "Yozni "Kamalak" bilan!" loyihasida siz ham ishtirok eting va keyingi mavsumda ishtirok etish uchun yo`llanmaga ega bo`ling!

Loyiha haqida batafsil ma`lumot olish uchun O`zbekiston yoshlar ittifoqining hududiy va mahalliy Kengashlariga murojaat qiling.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1