1

"Toshshahartransxizmat" raisi o`zgardi

Jamiyat 24.07.2018, 12:18
"Toshshahartransxizmat" raisi o`zgardi

Mohirxo`ja Valiev "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyati raisi lavozimiga tayinlandi, deb xabar qildi Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati.

U bunga qadar "US ATI" mas`uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori lavozimida ishlagan.

Mohirxo`ja Valiev 1983 yil Toshkent shahrida tug`ilgan. 2005 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

2014-2017 yillarda - "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyati raisining moliyaviy iqtisodiy masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimida ishlagan. 2017 yilda - "AZIA ABM TRANS" mas`uliyati cheklangan jamiyati direktori lavozimida ishlagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1