1

Toshkentda avtomatlashgan jamoat hojatxonalari o`rnatish rejalashtirilmoqda

Jamiyat 24.07.2018, 13:55
Toshkentda avtomatlashgan jamoat hojatxonalari o`rnatish rejalashtirilmoqda

Toshkent shahrida tajriba tariqasida Evropa sifatidagi avtomatlashgan hojatxonalar o`rnatish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar qildi.

Toshkent shahar hokimligida bo`lib o`tgan ochiq muloqotda TOP BUSINESS kompaniyasi Toshkent shahri hududida Evropa sifatidagi avtomatlashgan jamoat hojatxonalari tarmog`ini o`rnatish va ochish loyihasini taqdim qilgan.

Kelgusida shahar markazida tajriba tariqasida o`nta shunday avtomatlashgan hojatxonalar o`rnatiladi. Hozirda loyihaning joyini aniqlashtirish va uni ko`lamini oshirish bo`yicha muhokamalar davom etmoqda.

Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasidan olingan ma`lumotlarga ko`ra, yaponiyalik turistlarning aksariyat qismi aynan jamoat hojatxonalarining yo`qligi bois O`zbekistonga sayohat qilishni xohlamas ekan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1