AsosiyJamiyat

Bosh prokuraturada yangi tayinlov amalga oshirildi

'Bosh prokuraturada yangi tayinlov amalga oshirildi'ning rasmi

Mullojanov Abduqahhor Fayzulloevich O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi voyaga etmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig`i lavozimiga tayinlandi, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

A.Mullajonov 1976 yilda tug`ilgan, ma`lumoti oliy, huquqshunos. 2002 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2002 yilda Mirzo Ulug`bek tuman prokuraturasida boshlab, Toshkent shahar prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2004 yildan boshlab, Toshkent shahar prokuraturasi bo`lim katta tergovchisi, Sergeli tuman prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2017 yildan shu vaqtgacha Bektemir tumani prokurori lavozimida ishlab kelgan.

    Boshqa yangiliklar