AsosiyJamiyat

Milliy kinoindustriyani rivojlantirish bo`yicha qaror imzolandi

'Milliy kinoindustriyani rivojlantirish bo`yicha qaror imzolandi'ning rasmi

Milliy kinoindustriyani rivojlantirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq:

— “O`zbekfilm” aksiyadorlik jamiyati “O`zbekfilm” davlat unitar korxonasi etib qayta tashkil etildi;

— “Hujjatli filmlar kinostudiyasi” davlat unitar korxonasi “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” davlat unitar korxonasi sifatida qayta nomlandi;

— “O`zbekkino” MAning hududiy bo`linmalari negizida “Respublika kinoprokat markazi” davlat unitar korxonasining filiallari tashkil etildi;

— “O`zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi” davlat muassasasini nodavlat notijorat tashkiloti sifatida qayta tashkil etildi.

Barcha kinoteatrlarda mahalliy kinofilmlarni majburiy ravishda namoyish qilish kvotasi o`rnatiladi.

Xususan mahalliy filmlar namoyishi quyidagilardan kam bo`lishi mumkin emas:

— 2019 yil 1 yanvardan boshlab – sutkada kamida ikkita to`liq metrajli film;

— 2021 yil 1 yanvardan esa oylik ekran vaqtining kamida 25 foizi, bayram kunlari esa kamida 40 foizi.

2020/2021 o`quv yilidan boshlab Toshkent shahrida Butunrossiya kinematografiya davlat instituti filiali (qo`shma fakulteti) ochiladi.

Kinoindustriya sohasi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tashkil etildi.

Markaz jumladan kinoindustriya sohasi xodimlarini shartnoma asosida qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish bilan shug`ullanadi.

Kino mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning prokati bilan shug`ullanuvchi tashkilotlar 2020 yil 1 yanvargacha bo`lgan muddatga barcha turdagi soliqlar va majburiy ajratmalar to`lashdan, shuningdek, olib kiriladigan kino ishlab chiqarish va kino namoyish etish uskunalari uchun bojxona to`lovlaridan ozod etildi.

    Boshqa yangiliklar