AsosiyJamiyat

11 nafar sportchi muddatidan avval talaba bo`ldi

'11 nafar sportchi muddatidan avval talaba bo`ldi'ning rasmi

Qoraqalpog`istonlik 11 nafar yosh sportchi muddatidan avval talabalik baxtiga muyassar bo`ldi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Mamlakatimizda O`zbekiston chempionatlarida, xalqaro musobaqalarda g`oliblikni qo`lga kiritgan sportchi yoshlar uchun qator imtiyozlar yaratilgan. Shunday imtiyozlardan biri g`oliblarning yurtimizdagi oliy ta`lim muassasalariga imtihonlarsiz talabalikka qabul qilinishidir.

Nukusda joriy yilda shunday imtiyozga ega bo`lgan og`ir atletchilar Shaxmerdan Kemalov, Bazargul Rambergenova, suzish bo`icha g`olib Sabit Orazov, kurashchilar Aqtenge Keunimjaeva, Sayyora Joldasova, ganbdolchi Azamat Genjebekov, akademik eshkak eshish ustalari Azamat Jiyenbaev va Sayyora Xudaybergenova, regbi-7 bo`yicha Ernazar Maxambetkarimov, baydarka va kanoeda eshkak eshishdan Nargiza Dabilova va enlgil atletchi Jetkerbay Qaypnazarov talaba bo`lishdek baxtga muyassar bo`ldilar.

    Boshqa yangiliklar