Qarshida tanishini avval mashinasida urib, so`ngra urib-tepib o`ldirgan shaxs qo`lga olindi

Jinoyat 25.07.2018, 14:04
Qarshida tanishini avval mashinasida urib, so`ngra urib-tepib o`ldirgan shaxs qo`lga olindi

Qarshi shahrida tanishi bilan janjallashib uni mashinasida urib yuborgan shaxs qo`lga olindi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Voqea 24 iyul kuni yuz bergan. Qarshi shahrida yashovchi yashovchi Z.E. tanishi B.Q. bilan telefon orqali o`zaro janjallashib ketayotgan vaqtida uni yo`l chetida turganini ko`rib qoladi.

U o`zining “Neksiya” rusumli avtomashinasi bilan uni urib, bu ham etmagandek, avtomashinadan tushib, turli joylariga urib-tepib, jarohat etkazgan.

Natijada B.Q. kasalxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan. Z.E. esa qo`lga olingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1