AsosiyJamiyat

Bu yil Haj safariga Qoraqalpog`istondan 153 nafar fuqaro boradi

'Bu yil Haj safariga Qoraqalpog`istondan 153 nafar fuqaro boradi'ning rasmi

“Haj-2018” safariga boradigan bir guruh qoraqalpog`istonlik vatandoshlarimiz Xiva shahriga sayohat qildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori hamda fuqarolarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi va tabiiy boyliklari bilan tanishtirish bo`yicha tasdiqlangan “O`zbekiston bo`ylab sayohat qil!” dasturining ijrosini ta`minlash maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkillashtirish va o`tkazish masalalari bo`yicha komissiyaning amaliy ko`magi bilan qadimiy va navqiron Xiva shahrining tabarruk joylariga ziyorat uyushtirdi.

O`zA xabariga ko`ra, “Haj-2018” safariga Qoraqalpog`istondan joriy yil 153 fuqaro jo`nab ketadi.

    Boshqa yangiliklar