Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qaror bilan 2018-2021 yillarda Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Dasturda, xususan Universitetda masofaviy o`qitish tizimini yo`lga qo`yish nazarda tutilgan.
2018/2019 o`quv yilidan boshlab Samarqand davlat universiteti kadrlar buyurtmachilarining talablaridan kelib chiqqan holda, bakalavriat ta`lim yo`nalishlari o`quv rejalarining umumkasbiy fanlari blokidagi mavjud fanlar hajmini qisqartirish hisobiga ixtisoslik fanlari blokida mavjud fanlar hajmini 30 foizgacha oshirib, o`quv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqadi hamda amaliyotga joriy etadi.






