Aktrisa Farangiz Rejametovani urib yuborgan haydovchiga nisbatan uy qamog`i shaklidagi ehtiyot chorasi qo`llanildi va ma`lum bir shaxslar bilan aloqa qilish, xat-xabar olish, aloqa vositalari yordamida muzokaralar olib borishi cheklandi. Bu haqda Repost xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, jinoiy ishlar bo`yicha Mirzo Ulug`bek tuman sudi Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tuman prokuraturasining iltimosnomasini qondirgan - JKning 266-moddasi 2-bandi bo`yicha ayblanayotgan haydovchi Ulug`bek E.ga cheklov chorasi qo`llanilgan.
Zulfiqor Musoqovning «Oyijon» filmi bosh rol ijrochisi, aktrisa Fotima Rejametovaning qizi Farangiz Rejametova 20 iyul kuni yo`l-transport hodisasi oqibatida vafot etdi.






