Oliy va o`rta-maxsus ta`lim vazirligi Oliy ta`lim muassasalariga kirish imtihonlar bo`lib o`tadigan manzillarni ma`lum qildi.
Unga ko`ra, Toshkent shahrida test sinovlari o`tkaziladigan binolar ro`yxati quyidagicha:
1. "O`zekspomarkaz" Milliy ko`rgazmalar majmuasi (5 ta bino, 117 ta guruh, 3510 o`rin);
2. Oliy o`quv yurtlariaro sport majmuasi (1 ta bino, 33 ta guruh, 990 o`rin);
3. Xalq iste`mol tovarlarining ko`rgazma yarmarka savdosi Respublika markazi (1 ta bino, 48 ta guruh, 1440 o`rin);
4. Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati (2 ta bino, 45 ta guruh, 1350 o`rin);
5. "Tennis" sport majmuasi (1 ta bino, 24 ta guruh, 720 o`rin);
6. Yoshlik sport majmuasi (1 ta bino, 24 ta guruh, 720 o`rin).
JAMI: 11 ta bino, 291 ta guruh, 8730 o`rin.
Eslatib o`tamiz, test sinovlarining ilk kuni 1 avgust kuni bo`lib o`tadi.






