Toshkent shahar hokimiyati “MENING TOShKENTIM” tanlovini e`lon qiladi.
Tanlovning tartib va shartlari
Nominasiyalar
1. 2018 yilgi Toshkent haqida eng yaxshi surat
2. “Kreativ surat” – Mening Toshkentim-2018
3. Toshkent haqida “Eng yaxshi maqola”
4. “Eng yaxshi selfi” - Men va mening shahrim
5. Toshkentning “Eng yaxshi panoramasi”
• Tanlov o`zbek va rus tillarida o`tkaziladi.
• Tanlovda faqat14 yosh va undan katta yoshda bo`lganlar ishtirok etishlari mumkin.
• Hokimiyatning Facebookdagi sahifasiga “layk”qo`yish va yangilikni “ulashish” tanlovning majburiy sharti hisoblanadi.
• Tanlovda professionallar va havaskorlar ishtirok etishlari mumkin.
• Ishga ma`lumot xati (g`oya, elementlar, ranglarga doir ma`lumot, muallifning ixtiyoriga ko`ra boshqa ma`lumotlar) ilova qilinadi. Unda muallifning ismi-sharifi, manzili, telefon raqami ko`rsatilishi kerak.
• Eng yaxshi ishlar hakamlar hay`ati a`zolari tomonidan tanlab olinadi va g`oliblarni esa hokimiyatning Facebook sahifasidagi umumiy ovoz berish aniqlaydi.
Tanlov ishlarini baholash mezonlari
Originallik, o`ziga xoslik va tanlov mavzusiga moslik
Tanlov natijalarini sarhisob qilish
• Tanlov natijalariga ko`ra konkursning eng yaxshi ishlari 2018 yil sentyabrda Toshkent shahar hokimiyatida tashkil etiladigan ko`rgazmada taqdim etiladi.
• Eng yaxshi ishlar ko`rgazmasida mukofotlarni topshirish marosimi ham o`tkaziladi.
• Yutuqli o`rinlarni qo`lga kiritgan eng yaxshi ishlar tanlov tashkilotchisi ixtiyoriga o`tadi va muallifga qaytarilmaydi. Shuningdek, yuqorida sanab o`tilgan asarlarga O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan barcha huquqlar ham tanlov tashkilotchisiga o`tadi. Muallifga tanlovga taqdim etilgan ishlar va materiallarning birlamchi nusxasini o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish huquqi ham tanlovni tashkilotchisi ixtiyorida qoladi.
Tanlov muddatlari
• Tanlov 2018 yil 25 iyuldan 2018 yil 6 avgustgacha davom etadi.
• Tanlov ishlarini qabul qilish 2018 yil 25 iyuldan 2018 yil 6 avgust soat 18:00ga qadar o`tkaziladi.
• Tanlangan ishlar bo`yicha umumiy ovoz berish 2018 yil 9 avgustdan 2018 yil 11 avgustgacha bo`lib o`tadi.
• Tanlov yakunlari 2018 yil 17 avgustda mukofotlash marosimi va eng yaxshi asarlar ko`rgazmasi bilan birga bo`lib o`tadi.
Mukofot jamg`armasi
1-o`rin – Noutbuk
2-o`rin – Planshet
3-o`rin – Smartfon
Rag`batlantiruvchi mukofotlar: polo futbolkasi va kepkasi
Aloqa ma`lumotlari
Tanlovda ishtirok etish uchun ishlar Toshkent shahar hokimiyatining yangi binosida faqat chorshanba va juma kunlari soat 09:00 dan 18:00 gacha qabul qilinadi.
Tanlov ishlarini taqdim etishning oxirgi muddati - 2018 yil 6-avgust kuni soat 18:00.
Konkurs va ishlarni qabul qilish shartlari bo`yicha barcha savollar bilan quyidagi raqamlarga murojaat qilish mumkin:
+99899 795-51-65
+99897 741-09-01






